
Prezident Olmazor tumanidagi Imom Termiziy jome’ masjidida bo‘ldi.
«Buyuk bobolarimiz tafakkuri mahsuli bo‘lgan tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astronomiya, me’morlik, din va boshqa sohalarga oid minglab noyob qo‘lyozmalar bizning bebaho boyligimizdir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bunday boy merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.
Islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk vatandoshimiz Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda», deyiladi Kun.uz nashrida.
«Biz baxtiyor avlodmiz, baxtli xalqmiz, chunki shunday buyuk ajdodlarning vorisimiz. Xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan ishlarimiz bilan ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lishimiz kerak. Bu barchamizdan yuksak mas’uliyat talab qiladi», degan prezident.
Shavkat Mirziyoyev nuroniylar bilan suhbatda dunyoning turli hududlarida islom dinini niqob qilib olgan kimsalar qanchadan-qancha begunoh odamlarning umriga zomin bo‘layotganini, bunday qabih harakatlar muqaddas dinimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini, farzandlarimizni ana shunday yovuz niyatli kuchlar, ekstremistik g‘oyalar ta’siridan asrab-avaylashimiz zarurligini qayd etdi.
«Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil qilamiz. Yurtdoshlarimiz, mamlakatimizga keladigan mehmonlar bu erda buyuk allomalarimizning bebaho merosi namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim», degan Shavkat Mirziyoyev.
Prezident mutasaddilarga masjidni rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar