Oxirgi bir necha kun davomida Toshkent viloyatining 4 tumanida hokimlar va 5 tumanida IIB rahbarlari o‘zgardi.
Toshkent viloyatining Bo‘ka, Parkent, Quyi Chirchiq va Piskent tumanlarida hokimlar o‘zgardi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Bo‘ka tumaniga yangi hokim etib Xolboyev Xudoyberdi Nazarovich tayinlangan (sobiq hokim Kuchchiev Mirzamashrab Razzoqovich). Xolboyev oldin Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Quyi Chirchiq tumaniga Rahimov Botir Xudarganovich yangi hokim etib tayinlandi (Sobiq hokim Abdurazzoqov Jahongir Boqijonovich).
Pskent tumaniga Akramov Abdusamat Yo‘lchiboyevich yangi hokim etib tayinlandi (sobiq hokim Alimbekov Botir).
Parkent tumaniga Ne’matjon Ozodovich Abdullaev hokim etib tayinlandi (sobiq hokim Alimov O‘ktam). Bundan biroz oldin "Postda" gazetasi Toshkent viloyatining 5 ta tumanida IIB boshliqlari almashtirilgani haqida xabar bergan edi.
Bo‘stonliq tumani IIBga — podpolkovnik Murodov Avaz Akbarovich, Parkent tumani IIBga — podpolkovnik G‘oziev Dilshod To‘raevich, Pskent tumani IIBga — podpolkovnik Karimov Shavkat Abdinazarovich, Chinoz tumani IIBga — podpolkovnik Qo‘ziboyev Bahrom Bahodirovich va Quyi Chirchiq tumani IIBga — podpolkovnik Ergashev Olim Zokirovichlar rahbar etib tayinlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi