O‘zbekiston sayyohlar oqimi bo‘yicha dunyoning TOP-5 davlatlari qatoriga kirdi

O‘zbekiston sayyohlar oqimi bo‘yicha dunyoning TOP-5 davlatlari qatoriga kirdi

BMTning Turizm tashkiloti e’lon qilgan yangi hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro sayyohlar oqimi o‘sish sur’ati bo‘yicha dunyoning TOP-5 davlati qatoridan joy oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yilning birinchi choragida mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foizga ko‘paygan.

Hisobotda eng yuqori o‘sish Paragvayda 46 foiz, Yangi Kaledoniyada 45 foiz, El Salvadorda 43 foiz va Mo‘g‘ulistonda 39 foiz etib qayd etilgan. O‘zbekiston esa 37 foizlik natija bilan dunyoning eng tez o‘sayotgan turistik yo‘nalishlari orasidan o‘rin oldi.

Shu bilan birga, mamlakat bu ko‘rsatkich bo‘yicha Irlandiya va Bruney kabi davlatlarni ortda qoldirdi.

Mutaxassislar buni O‘zbekistonning turizm salohiyati, tarixiy shaharlari va xalqaro sayyohlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar bilan izohlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar