15:00 / 16.06.2015
8 090

Toshkent metrosida "Hamza" va "Habib Abdullaev" bekatlarining nomi o‘zgardi

Toshkent metrosida "Hamza" va "Habib Abdullaev" bekatlarining nomi o‘zgardi

Toshkent shahrida yashovchilar 15 iyun kuni shahar metrosidan foydalanish vaqtida vagonlarga osilgan metro xaritalarida ikki bekat nomi o‘zgarganiga guvoh bo‘lishgan, deb yozmoqda Kun.uz.

Xaritada "Hamza" so‘zi o‘rniga "Novza", "Habib Abdullaev" so‘zi o‘rnida esa "Shahriston" so‘zlari paydo bo‘lgan. O‘z navbatida metrolarning bekatlaridagi devorlarga bitilgan "Hamza" va "Habib Abdullaev" nomlari olib tashlanmagani hamda metro suxandoni bu bekatlarni avvalgi nomlari bilan e’lon qilayotgani aytilgan.

Kun.uz sayti shu masala xususida Toshkent metropoliteniga murojaat qildi va qo‘shimcha ma’lumotlar oldi.

O‘zini Baxtiyor aka deb tanishtirgan va tashkilotda bosh muhandis hisoblanuvchi xodim Toshkent shahri hokimining buyrug‘iga binoan shunday o‘zgarish amalga oshirilgani haqida ma’lum qildi.

Ayni vaqtda Toshkent metropoliteni matbuot xizmatiga bu ma’lumotni rasman tasdiqlashi so‘ralib, xat jo‘natilgan va javob kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent metrosida "Hamza" va "Habib Abdullaev" bekatlarining nomi o‘zgardi