Sergeli avtobozorida tirbandlikni yengilashtirish uchun alohida yo‘l tashkil etilmoqda

Sergeli avtobozorida tirbandlikni yengilashtirish uchun alohida yo‘l tashkil etilmoqda

Toshkentda Sergeli avtomobil bozori atrofida transport harakatini yengillashtirish maqsadida alohida lokal yo‘l tashkil etilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bozor 5 400 ta avtomobil sig‘imiga ega bo‘lib, har kuni uning kirish-chiqish nuqtalaridan 1 500 dan ortiq transport vositasi harakatlanadi.

Yangi loyiha bozorga kiruvchi va chiquvchi avtomobillar oqimini asosiy yo‘l harakatidan ajratishga xizmat qiladi. Bu Yangi Sergeli ko‘chasidagi tirbandliklarni kamaytirishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida piyodalar va velosipedchilar uchun ham alohida infratuzilma yaratilmoqda. Shuningdek, 2 mingdan ortiq avtomobil joyi uchun yo‘l chiziqlari chizilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar