Toshkent avtobuslarida yo‘l haqi 80 mingga yaqin yo‘lovchi jarimaga tortildi

2026 yil boshidan beri Toshkent shahridagi jamoat transportida chiptasiz harakatlangan qariyb 80 ming nafar fuqaroga nisbatan ma'muriy chora ko'rildi. Transport vazirligi ma'lumotiga ko'ra, qoidabuzarlarga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga muvofiq jami 79 618 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
2026 yil boshidan buyon Toshkent shahrida jamoat transportida chiptasiz harakatlangan qariyb 80 ming nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi. Bu haqda Transport vazirligi rasmiy ma’lumot tarqatdi.
Qayd etilishicha, yil boshidan hozirga qadar avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamasdan yurgan fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga muvofiq 79 618 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Belgilangan tartibga ko‘ra, har bir qoidabuzarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi — 41 ming 200 so‘m miqdorida jarima tayinlangan. Natijada mazkur huquqbuzarliklar bo‘yicha undirilgan umumiy jarima summasi qariyb 2 milliard so‘mga yetgan.
Transport vazirligi yo‘lovchilarga yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash jarimaga tortilishdan ko‘ra ancha maqbul ekanini eslatdi.
Shuningdek, «Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi inspektorlari tomonidan avtobuslarda to‘lov intizomini ta’minlash hamda chiptasiz harakatlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari muntazam davom ettirilayotgani ma’lum qilindi.






























Izohlar 0
…