O‘zbekiston gilamlarini eng ko‘p qaysi davlatlar sotib olmoqda?

O‘zbekiston gilamlarini eng ko‘p qaysi davlatlar sotib olmoqda?

2026 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga 846,7 ming kvadrat metr gilam eksport qildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, eksportning umumiy qiymati 2,1 million AQSH dollarini tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 159,7 ming kvadrat metrga yoki 23,2 foizga oshgan. Bu esa tashqi bozorlarda o‘zbek gilamlariga bo‘lgan talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Eksport hajmi bo‘yicha Ozarbayjon birinchi o‘rinni egalladi. Ushbu davlatga 388 ming kvadrat metr gilam yetkazib berilgan.

Qirg‘iz Respublikasi 206,6 ming kvadrat metr bilan ikkinchi, Afg‘oniston esa 183,4 ming kvadrat metr bilan uchinchi yirik xaridor bo‘lgan.

Shuningdek, Rossiya bozoriga 24,5 ming kvadrat metr gilam eksport qilingan. Qolgan mahsulotlar esa boshqa davlatlarga yo‘naltirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar