O‘zbekistonda ob-havo keskin o‘zgaradi: yomg‘irlar kutilmoqda

“O‘zgidromet” 15 iyun kuni uchun ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, haftaning birinchi kunida mamlakatning bir qator hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Poytaxtda havo biroz bulutli va vaqt-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechqurun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3–8 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim vaqtlarda 10–12 metr/sekundgacha kuchayib, chang-to‘zonlarga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Havo harorati kechasi 22–24 daraja, kunduzi esa 36–38 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmayapti. Havo o‘zgaruvchan bo‘lib, shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 33–38 darajagacha yetadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Biroz bulutli va o‘zgaruvchan ob-havo saqlanib turadi. Shamol ayrim joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi esa 36–41 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 33–38 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik prognoz qilinmagan. Havo harorati kechasi 22–27 daraja, kunduzi esa 37–42 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 33–38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shuningdek, sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelish ehtimoli mavjud.
Mutaxassislar prognozlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yoz faslining eng issiq kunlarida havo harorati 42–44 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Mamlakatning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa bu ko‘rsatkich 45–47 darajagacha yetishi ehtimol qilinmoqda.





























Izohlar 0
…