To‘qqizta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 16–19 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikadagi tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
Xavf Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining qator tumanlariga taalluqli.
Qashqadaryo viloyatida Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida sel xavfi mavjud.
Surxondaryoda Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida xavf saqlanib qoladi.
Shuningdek, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining tog‘li hamda tog‘oldi hududlarida ham sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin.
Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor. Bu esa ayrim joylarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Fuqarolardan ehtiyotkor bo‘lish, tog‘li hududlarga zaruratsiz bormaslik va mas’ul tashkilotlar ogohlantirishlariga amal qilish so‘raldi.






























Izohlar 0
…