O‘zbekistonda 1-sinfga onlayn qabul rasman bugundan boshlandi

O‘zbekistonda 1-sinfga onlayn qabul rasman bugundan boshlandi

2026–2027 o‘quv yili uchun O‘zbekiston maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari rasman start oldi. Endi ota-onalar farzandlarini maktabga joylashtirish uchun arizalarni to‘liq elektron shaklda taqdim etishlari mumkin.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilishicha, 20 iyun kuni soat 10:00 dan boshlab arizalarni maxsus elektron platformalar orqali yuborish imkoniyati yaratildi.

Xususan, fuqarolar quyidagi portallar orqali murojaat qilishlari mumkin:

my.maktab.uz
my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)

Qabul jarayonlarida aholiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus call-markaz ham ish boshladi. Ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha 71-203-07-04 va 71-203-04-03 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, Telegram tarmog‘idagi @mymaktabuz_bot orqali ham maslahat olish imkoniyati mavjud.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, mikrohudud doirasidagi qabul jarayonlari 20 iyundan 31 iyulga qadar davom etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar