Joriy yilning I choragida «Afrosiyob» tezyurar elektropoezdlari soni yana ikkitaga ko‘paydi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bosh muhandisi Husniddin Hosilov shu haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
Bugunga qadar mahalliy aholi va sayyohlar 9 vagondan iborat poezdlardan foydalangan bo‘lsa, endilikda 11 ta turli toifali vagonlardan iborat poezd ularga xizmat ko‘rsatadi. Hozirda «Afrosiyob» zamonaviy elektropoezdlari Samarqand, Buxoro va Qarshi shaharlariga to‘liq qatnovni amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Investisiya dasturiga muvofiq, joriy yilning I choragida moliyalashning barcha manbalari hisobidan jami 196,1 million dollar miqdoridagi kapital mablag‘lar o‘zlashtirilib, davr prognozi 100 foizga bajarildi. Xususan, «Qarshi-Termiz» temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish, «Buxoro-Miskin» temir yo‘lini barpo etish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, jamiyat ishchi-xizmatchilarning turmush darajasini yanada yaxshilash borasida tizimli tadbirlar amalga oshirildi.
Tadbirda aksiyadorlik jamiyati va tarmoqning barcha sanoat korxonalarida qo‘shimcha daromad olish maqsadida aholiga aholiga pullik xizmat ko‘rsatish turlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Buning natijasida bu davrda aholiga 110,5 milliard so‘mlik xizmat ko‘rsatildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi