
“Toshkent” seysmostansiyasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yilning 4 may kuni soat 16:10 da respublikamizning ayrim hududlarida takroriy zilzila (aftershok) qayd etilgan. Bu haqida FVV xabarnomasida ma’lum qilindi deb yozadi Kun nashri.
Zilzila markazi Toshkent shahrining janubi-sharqiy yo‘nalishida 260 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keladi. Bu erda qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,2 ni tashkil qildi.
Respublika hududida seysmik faollik Farg‘onada - 2 ball, Andijonda - 2 ball, Namanganda - 2 ball, Toshkentda - 2 ballga yaqin bo‘lgan.
Zilzila oqibatida jabrlanish holatlari va talofatlar kuzatilmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar