date
views 10 064

O‘zbekistonda dam olish kunlari yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markaziga asoslanib Kun.uz'ning xabar berishicha, 26-28 iyun kunlari respublikamizning ba’zi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Tog‘li hududlarda o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lib, ba’zi tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/sek tezlik bilan esadi, ba’zi joylarda 7-12 m/sek gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 21-26° atrofida bo‘ladi. 26-30 iyun kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor.

Toshkent shahrida ham havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib, qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lish ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 5-10 m/sek tezlik bilan esadi, 15-20 m/sek gacha kuchayish ehtimoli bor. Havo harorati kechasi 19-21°, kunduzi 34-36° atrofida bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dam olish kunlari yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda