15:44 / 06.05.2017
6 054

Shavkat Mirziyoyev Mirobod tumaniga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Mirobod tumaniga tashrif buyurdi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 may kuni Toshkent shahar Yashnobod tumaniga tashrif buyurdi, deb yozdi Qalampir.uz sayti.

Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Oybek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda ishga tushirilgan zamonaviy, energiyatejamkor lokal qozonxonalarni borib ko‘rdi.

Qayd etilishicha, Toshkentdagi markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi o‘tgan asrning 60-70 yillarida barpo qilingan bo‘lib, bugungi kunda qozonxona uskunalari va tarmoqlar texnik va ma’naviy eskirgani, markaziy qozonxonalar iste’molchilardan uzoq masofada joylashganligi sababli issiqlik etkazib berishda ayrim muammolar yuzaga kelmoqda.

Joriy yilda poytaxtda jami 211, jumladan, ko‘p qavatli uylar tom qismida 134, mavzelar hududida 77 mahalliy qozonxona quriladi. Ushbu maqsadlar uchun sarflanadigan 170 milliard so‘m mablag‘ tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Oybek ko‘chasidagi 40- va 42-uylarda ishga tushirilgan qozonxonalar gelio suv isitgichlari bilan jihozlangan. Ushbu qozonxona an’anaviy markazlashgan isitish tizimiga qaraganda birmuncha afzalliklarga ega. Avvalo, qozonxonada zamonaviy texnologiya asosida quyosh nuridan issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, xonadonlarga kerakli miqdorda taqsimlanadi. Bu yoqiladigan tabiiy gazni tejash, iste’molchilarga issiqlik energiyasi etkazib berishda yo‘qotishlar va qish mavsumida avariya holatlarining oldini olish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Qozonxonada soatiga 146 kilovatt issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Loyihaning qiymati 460 million so‘m bo‘lib, xarajatlar “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi hisobidan qoplangan.

Quyosh suv isitgichlari ekologik tozaligi, ko‘p xizmat talab etmasligi va uzoq muddat foydalanish mumkinligi bilan ajralib turadi. Bunday qurilmalar nafaqat quyoshli, balki bulutli kunlarda ham energiya ishlab chiqara oladi.

Davlat rahbari gelioqurilmalar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar mahsulotlari namunalari bilan ham tanishdi.

Qozonxonalarni qurish va ulardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, malakali mutaxassislarni jalb etish borasida zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Prezident bugun Yashnobod tumaniga tashrif buyurishi ham kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Mirobod tumaniga tashrif buyurdi