
Prezident Shavkat Mirziyoyev qarori bilan yana 3 nafar kishiga to‘la jihozlangan uylar sovg‘a qilindi.
Namangan viloyatida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 72 yilligi hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 3 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga zamonaviy ko‘p qavatli uylardan xonadonlar tuhfa etildi. Bu haqda Dia.uz xabar bermoqda.
3 nafar urush faxriysi – Namangan shahridan Nizomxon ota Sattorov, Tursunboy ota Tojimirzaev, Uychi tumanidan Jakbarali ota Yusupovga ko‘p qavatli zamonaviy uylardan yangi xonadonlar kaliti topshirildi. Barcha qulayliklar yaratilgan, qattiq va yumshoq mebellar, televizor, muzlatgich va boshqa maishiy texnika vositalari bilan jihozlangan xonadonlar nuroniylarning rohat-farog‘atda yashashiga xizmat qiladi.
Ushbu tadbir Uchqo‘rg‘on tumanining Qayqi qishlog‘ida yashovchi urush faxriysi, “Shuhrat” medali sohibi Toshtemir ota Kamolovning tabarruk 105 yoshga to‘lishi tantanalariga to‘g‘ri kelgan. Otaxonga davlatimiz rahbarining tabrigi va sovg‘a-salomlar topshirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar