
Yomg‘irli kunlardan so‘ng havoning keskin darajada isib ketishi tobingizni qochirishi mumkin. Qon bosimi bor odamlar issiq havoda ko‘chada yurmaganlari ma’qul. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
11 may kuni Toshkent shahrida havo harorati issiq bo‘ladi. Harorat kunduzi +33... +35, kechasi esa +18... +20 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona, Namangan va Andijonda havo issiq bo‘ladi. Harorat +27... +32, kechasi esa +15... +20 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda viloyatlarida havo issiq bo‘ladi. Harorat kunduzi +33... +38, kechasi esa +15... +20 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati issiq bo‘ladi. Harorat kunduzi +33... +38, kechasi +17... +22 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida issiq ob-havo kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +35... +40, kechasi +20... +25 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo issiq bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +35... +40, kechasi +20... +25 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar