Toshkentda yana bir muhim ko‘cha yopiladi: Haydovchilarga ogohlantirish

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan Aviasozlar ko‘chasining bir qismida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent ma’lum qildi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, cheklov 11 iyul soat 08:00 dan 31 iyul soat 06:00 gacha amal qiladi. Ushbu muddat davomida magistral issiqlik tarmoqlarini yangilash va eski quvurlarni almashtirish ishlari olib boriladi.
Ta’kidlanishicha, ta’mirlash ishlari poytaxt aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz va sifatli issiqlik ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Qurilish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya qilish uchun Aviasozlar ko‘chasining ma’lum qismi avtotransport harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Shu munosabat bilan haydovchilarga yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish, ehtimoliy tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etildi. Kompaniya yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda poytaxtning yana bir yirik ko‘chalaridan biri — Mustaqillik shoh ko‘chasida ham ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Shu bois mazkur hududda ham avtomobillar harakatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy qilingan. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilardan safar yo‘nalishlarini oldindan belgilab olishni so‘ramoqda.






























Izohlar 0
…