FIFA JCH-2026 finali o‘tadigan stadion maysasini sotuvga chiqaradi

FIFA JCH-2026 finali bo‘lib o‘tadigan «MetLife Stadium» maydoni maysasi bo‘laklarini suvenir sifatida sotuvga chiqarishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘plamlar narxi 450 dollardan 3000 dollargacha bo‘ladi. Unda qatron ichiga joylashtirilgan maysa bo‘lagi, mahsulot haqiqiyligini tasdiqlovchi USB-xotira va tanlangan variantga qarab final o‘yinining suvenir chiptasi, to‘p miniatyurasi hamda ramziy kristall kubok bo‘lishi mumkin.
Mahsulotlar faqat finaldan keyin, ya’ni 19 iyuldan so‘ng xaridorlarga yuboriladi. Jo‘natmalar AQSH va Yevropa mamlakatlari fuqarolari uchun amalga oshirilishi aytilmoqda.
Ushbu to‘plamdan 2026 dona chiqarilishi rejalashtirilgan. Kutilgan umumiy daromad 11,2 million dollardan oshishi mumkin.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…