11:49 / 15.05.2017
6 133

Boshlangan haftada O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliklar kuzatiladi

Boshlangan haftada O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliklar kuzatiladi
Gidrometeorologiya markazidan ma’lum qilinishicha, 16-17 mayda O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, momaqaldiroq va yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Shamol tezligi 15-20 m/c gacha kuchayadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda havo harorati kechasi 17-22 va kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida havo harorati kechasi 15-20 va kunduzi 27-32 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 17-22 daraja va kunduzi 27-32 darajagacha pasayadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi 17-22 daraja va kunduzi 27-32 darajani tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Boshlangan haftada O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchiliklar kuzatiladi