O‘zbekistonga 46 darajali jazirama issiq yana qaytmoqda

O‘zbekistonga 46 darajali jazirama issiq yana qaytmoqda

O‘zbekistonda 16 iyul kuni ham anomal issiq ob-havo saqlanib qoladi. «O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, ayrim hududlarda havo harorati 46 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Prognozga ko‘ra, respublika bo‘ylab asosan quruq va biroz bulutli ob-havo hukm suradi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim hududlarda shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Eng yuqori harorat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qayd etilishi kutilmoqda. Ushbu hududlarda kunduzi havo 41–46 darajagacha isiydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida kunduzi 40–45 daraja, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida esa 38–43 daraja atrofida issiq bo‘lishi prognoz qilingan.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Andijon, Namangan va Farg‘onada kunduzi havo harorati 38–43 darajagacha ko‘tariladi.

Poytaxt Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi. Kunduzi harorat 40–42 daraja, kechasi esa 26–28 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda havo nisbatan salqinroq bo‘lib, kunduzi 30–35 daraja, kechasi 15–20 daraja bo‘ladi.

Sinoptiklar ta’kidlashicha, 15–17 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi. Shu bois respublikaning katta qismida havo harorati 41–43 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda esa 44–46 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar