Toshkent davlat Yuridik universiteti 2017-2018 o‘quv yili uchun qabul kvotalarini tasdiqladi. Lex.uz saytida prezidentning tegishli qarori chop etilgan, deb ma’lum qiladi Kun.uz.
Unga ko‘ra universitetga qabul qilinadigan bakalavrlar soni to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar hisobiga 450dan 600gacha oshirilgan.
Shuningdek, ushbu qarorda Toshkent Yuridik universitetiga hujjat topshirgan xorijlik talabalar kvotadan tashqari tartibda, imtihonsiz qabul qilinishi belgilangan. Ular faqat suhbatdan o‘tishi kerak bo‘ladi. Belgilangan tartibga ko‘ra, xorijlik talabalar to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydi va o‘qish pulini xorij valyutasida to‘laydi.
Eslatma. 2016 yilning 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik jarayoni optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi.
Shunga ko‘ra, bu yildan OTMlarga hujjatlar 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Davlat konservatoriyasida esa qabul komissiyasi 15 iyundan 10 iyulgacha hujjatlarni qabul qiladi.
Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari 5 iyulgacha o‘tkaziladi. Bungacha test sinovlari 10 iyul sanasiga o‘tkazilar edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi