O‘zbekistonda 18–20 iyul kunlari harorat 48 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

O‘zbekistonda 18–20 iyul kunlari anomal issiq kuzatilishi kutilmoqda. Uzgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bunga janubdan juda issiq havo oqimi kirib kelishi sabab bo‘ladi.
Prognozga ko‘ra, ushbu kunlarda mamlakatning ko‘plab hududlarida havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi. Janubiy viloyatlar va cho‘l hududlarida esa harorat 48 darajagacha yetishi mumkin.
Shuningdek, ayrim joylarda shamol kuchayishi prognoz qilinmoqda. Uning tezligi 13–22 m/s gacha yetishi, ba’zi hududlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi ehtimoli bor.
Bunday ob-havo sharoitida aholiga kunning eng issiq vaqtida ochiq havoda uzoq qolmaslik, ko‘proq suyuqlik ichish va zaruratsiz safarlarni cheklash tavsiya etiladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…