Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi davomida hamkorlar bilan muhim bir bitimga imzo chekildi. Bu haqida "O‘zbekneftgaz" MXK boshqaruvi raisi Alisher Sultonov ma’lum qildi.
"Ushbu bitimni juda ham noyob desak bo‘ladi, chunki birinchidan, "O‘zbekneftgaz" hech qachon geologiya-qidiruv ishlarini boshqa davlatlar hududida hali olib borganicha yo‘q.
Ikkinchidani, biz Kaspiy dengizi shelfidamiz - dengizda ishlash bo‘yicha bizda tajriba yo‘q, lekin qachondir boshlash kerak edi. Bu degani - bizning hududlarda qazish ishlarini olib boradigan korxonalarimiz o‘zining texnologik qudrati va kadrlar tayyorlashni yuqori darajaga ko‘tarishi shart bo‘ladi.
Uchinchidan, bu erda qazib olingan neftning bir qismi O‘zbekistonga ketadi.
"O‘zbekneftgaz" O‘zbekistondan tashqariga, dengizga chiqmoqda. Hozirga qadar bunday bo‘lmagan. O‘zimizning zavodlarni arzon xom-ashyo bilan ta’minlash va imkon qadar neft mahsulotlarining tannarxini hamyonbop qilish maqsad qilinmoqda. Imzo chekilgan kelishuv aynan shu maqsadlar uchun xizmat qiladi", - dedi A.Sultonov.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"