6 177
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berilgan.
Mazkur hujjatda Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2 oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish uchun murojaat qilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha belgilangan tartibda taklifni kiritishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, Konstitusiyaning 93-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari belgilangan bo‘lib, 22-bandga ko‘ra, u «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi».
Bunday maqom xalqaro va milliy qonunchilikda huquqbuzarlik sifatida ko‘rilmaydigan harakatlari uchun o‘z yurtida ta’qib etilayotgan shaxslarga taqdim etiladi.
Siyosiy boshpana taqdim etishni so‘rab berilgan arznoma 1 yil muddat ichida ko‘rib chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi