Uysiz fuqarolarga vaqtincha boshpana berish tartibi belgilandi

Uysiz fuqarolarga vaqtincha boshpana berish tartibi belgilandi
Qisqacha

O'zbekistonda doimiy yashash manziliga ega bo'lmagan fuqarolarni vaqtincha boshpana va ijtimoiy ko'mak bilan ta'minlashning yagona tartibi joriy etildi. Ular Vaqtincha boshpana va ijtimoiy moslashuv markazlariga joylashtirilib, yashash sharoitlari va tibbiy ko'rik bilan ta'minlanadi. Fuqarolarga hujjatlarini tiklash, pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish, qarindoshlarini izlash hamda ishga joylashishda yordam ko'rsatiladi.

O‘zbekistonda doimiy yashash manziliga ega bo‘lmagan fuqarolarni vaqtincha boshpana bilan ta’minlash va ularga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatishning yagona tartibi joriy etildi.

Hukumat qaroriga muvofiq, bunday fuqarolar Vaqtincha boshpana va ijtimoiy moslashuv markazlariga joylashtiriladi. U yerda ular uchun zarur yashash sharoitlari yaratiladi hamda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Shuningdek, fuqarolarga yo‘qolgan pasport yoki ID-kartasini qayta tiklash, pensiya va nafaqalarni rasmiylashtirish, qarindoshlarini izlab topish hamda ishga joylashishda amaliy yordam ko‘rsatiladi. Zarur holatlarda uy-joy masalasini hal qilish bo‘yicha ham ko‘mak beriladi.

Fuqarolar dastlab markazlarda 20 kungacha qolishi mumkin. Agar qo‘shimcha yordam zarur bo‘lsa, ushbu muddat uzaytiriladi.

Har bir fuqaroning hayotiy sharoiti alohida o‘rganilib, uning jamiyatga qaytishi va mustaqil hayotini tiklashi uchun individual ijtimoiy moslashuv rejasi ishlab chiqiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar