O‘zbekistondagi eng katta sport kompleksi 2018 yil kuziga qadar quriladi

1 daqiqa o'qish8.9K
O‘zbekistondagi eng katta sport kompleksi 2018 yil kuziga qadar quriladi
Toshkentda Humo Arena nomini olgan ko‘p tarmoqli muz kompleksi 2018 yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladi, deb yozadi Sof.uz. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11 maydagi qarorida so‘z boradi.

Hujjatga muvofiq, Singapurning Enter Engineering kompaniyasi muz kompleksini qurish bo‘yicha bosh pudratchi etib belgilandi. Janubiy Koreyaning Heerim Architects & Planners kompaniyasi esa bosh loyiha tashkiloti hisoblanadi.

Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida muz kompleksi qurilishi fevral oyida boshlangan edi, ushbu loyihaning umumiy qiymati 430 million dollardan ortiq mablag‘ni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, 14 ming kishilik tribunaga ega ko‘p funksional saroy hududida muz arenasi, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan maydon, o‘quv-ko‘ngilochar bolalar xiyoboni, oilaviy ko‘ngilochar markazlar, amfiteatr, favvorali xushmanzara bog‘lar, restoran va rekratsion zonalar, bog‘ va sayilgoh, zamonaviy parking va boshqa ko‘plab inshootlar joylashadi.

Binoning umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino 4 qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 36 metr. Muz saroyi 12,5 ming tribunalarga ega bo‘lib, konsert zali sifatida 10 ming, sport musobaqalar o‘tkazish zali sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.

Majmua hududida sport muzeyi, bolalar uchun yopiq o‘yingoh, trenajer zallari, fitnes markazi, zamonaviy tipdagi umumovqatlanish shoxobchalari, sport anjomlari do‘koni va boshqa xizmat ko‘rsatish ob’yektlari joylashtiriladi.

Arenada xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo‘yicha musobaqalar bilan bir qatorda basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazish imkoniyati bor.

Enter Engineering guruhi turi murakkablikdagi sanoat va texnologik ob’yektlarni qurishga ixtisoslashgan bo‘lib, Rossiyaning «Gazprombank"i uning aksiyadorlaridan hisoblanadi, deyiladi kompaniya saytida.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?