Rustam Azimov «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi rahbarlik qiladi. Bu haqda «Kun.uz» nashri ma’lum qildi.
Tahririyat kompaniya matbuot xizmatiga bog‘langanida, bu ma’lumotni hali tasdiqlay olmasliklarini, lekin bugun soat 16:00da kompaniyada navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilishi kutilayotganini aytishdi. Aynan shu yig‘ilishda yangi direktor tanishtirilishi kutilmoqda.
«O‘zbekinvest» 1994 yilning 13 aprelida Vazirlar Mahkamasining 206-sonli qarori bilan tashkil etilgandi. Ushbu kompaniya umumiy sug‘urta bozorida faoliyat olib boradi va sug‘urta faoliyati klassifikatoriga ko‘ra mavjud 17 turdagi sug‘urtaning barchasi bilan shug‘ullanadi. Kompaniya ta’sischilari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (50 mln dollar) va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (10 mln dollar) hisoblanadi.
Kompaniya vazifasi maqbul narxlardagi yuqori sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etish orqali O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorining rivojlanishiga ko‘maklashishdir.
Kompaniyaga 2005 yildan buyon Faxriddin Saidahmedov rahbarlik qilib kelmoqda edi.
Bugun O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov lavozimidan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin