11:03 / 13.06.2017
8 322

Toshkentning bir necha tumanlaridagi ko‘chalar qayta nomlandi

Toshkentning bir necha tumanlaridagi ko‘chalar qayta nomlandi
2017 yil 2 iyun kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining “Toshkent shahridagi ba’zi geografik ob’ektlar nomlarini tartibga keltirish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, Bektemir, Yashnobod, Olmazor, Uchtepa, Yunusobod, Sergeli va Yakkasaroy tumanlaridagi ba’zi joy, ko‘chalarga yangi nom berilgan va qayta nomlangan. Jumladan, Bektemir tumanidagi Bardonko‘l ko‘chasi Majnuntol ko‘chasi deb qayta nomlandi.

Yashnobod tumanidagi Pahlavon Mahmud-2 tor ko‘chasi Pahlavon Mahmud ko‘chasi, M.Musaxonov 1-tor ko‘chasi Pahlavon Mahmud tor ko‘chasi hamda M.Musaxonov 1 va 2-berk ko‘chalari Pahlavon Mahmud 1 va 2-berk ko‘chalari deya qayta nomlandi.

Olmazor tumanidagi Yangi tor ko‘chalar Chuqursoy 6-7-8- tor ko‘chasi va Noraztepa 5-6-7-8-tor ko‘chasi deb nomlandi.

Uchtepa tumanidagi Tuyatortar ko‘chasi Ko‘kcha Oqtepa ko‘chasi deb qayta nomlandi.

Yunusobod tumanidagi Bog‘ishamol va Yangishahar ko‘chalari oralig‘idagi yangi ko‘chaga Yangishahar ko‘chasi hamda Do‘rmon yo‘li va Bog‘ishamol ko‘chalari oralig‘ida tashkil topgan ko‘chaga Do‘rmon yo‘li ko‘chasi deb nom berildi. Shuningdek, Ahrorobod 2-berk ko‘chasi Ahrorobod tor ko‘chasi deb nomlandi.

Sergeli tumanidagi Yangi tor ko‘chalarga Savatchi 2-3-4-5-6-tor ko‘cha, Shohruhiya ko‘chasiga Samo ko‘chasi, Yangi berk ko‘chalarga Samo 1-2-berk ko‘chasi, Hamza ko‘chasiga Favvora ko‘chasi deb nomlandi.

Yakkasaroy tumanidagi Fozilota qabristoni Yakkasaroy qabristoni deb ataladigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentning bir necha tumanlaridagi ko‘chalar qayta nomlandi