
Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab AYoQShlar tarmog‘ini quradi. Bu haqda 14 iyun kuni Xalqaro Press-klubda o‘tgan anjumanda "O‘zbekneftgaz" rahbari Alisher Sultonov ma’lum qildi.
Kelgusida "Lukoyl" respublikaning boshqa hududlarida ham ochiladi.
"Lukoyl"ning Toshkentda qurilgan ilk AYoQShida boshqa mamlakatlardan keltirilgan benzin va dizel yoqilg‘isi sotiladi. Kompaniya oldiga minimal sifat talablari qo‘yiladi — AI-92 va AI-95 benzin hamda ekodizel. Yoqilg‘ilar mahalliy AYoQShlarga qaraganda birmuncha qimmatroq bo‘ladi, deydi Sultonov.
"O‘zbekneftgaz" rahbari "Lukoyl"ning birinchi shoxobchasi ochilishi ortga surilayotganiga ham oydinlik kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya tomonini tashkiliy masalalarni hal qilishi biroz kechikmoqda, yaqinda bu hal bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar