2017 yil 21 iyun kuni Xalqaro press-klubda Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti yakunlari, O‘zbekistoning tashqi siyosati buyicha dolzarb masalalarga bag‘ishlagan anjuman bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Xalqaro press-klub Jamoatchilik kengashi raisi Sodiq Safoyev, Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining hududiy aksilterror tuzilmasi direktori Evgeniy Sisoyevlar spiker sifatida ishtirok etdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, sessiya vaqtida jurnalistlar spikerlarga so‘nggi vaqtlarda hukumat tarkibida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar uning ishiga qanday ta’sir qilayotgani haqida qiziqishdi.
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bu savolga quyidagicha javob berdi:
"Hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hukumatga o‘zgacha dunyoqarashga ega yangi odamlar kelmoqda. Ular o‘zlarida mutlaqo yangicha falsafani taqdim etuvchi Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan g‘oyalarni "chuqur singdirishgan". O‘ylashimcha, har bir soha va yo‘nalishlarda shakllanayotgan yangi jamoa shubhasiz, belgilangan maqsadlarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Bu esa O‘zbekistonning yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun yana bir omil bo‘la oladi". “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?