date

Markaziy bank raisi o‘rinbosari: bank terminallari to‘lib qolgan degan bahonalar asossiz

Markaziy bank raisi o‘rinbosari: bank terminallari to‘lib qolgan degan bahonalar asossiz

Ayrim onlayn-terminal egalari ba’zan hisob “to‘lib qolgan”inin ro‘kach qilib, xaridorlarni to‘lovni naqd pul bilan amalga oshirishga undaydi. Shu masalada O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi ayol “Oila davrasida” gazetasiga murojaat qildi, deb yozmoqda “Kun.uz”.

Uning savoliga javob bergan Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Murodilla Eshmatov bunday bahonalar asossiz ekanligini ta’kidladi.
“Onlayn-terminal orqali to‘lov amalga oshirilganda mablag‘ shu zahoti savdo yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona hisobiga o‘tadi. Demak, terminal to‘lib qolishi mumkin emas”, – uning so‘zlarini keltiradi nashr.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank raisi o‘rinbosari: bank terminallari to‘lib qolgan degan bahonalar asossiz