date
views 6 645

15 iyuldan gaz uchun tariflar qimmatlashadi

15 iyuldan gaz uchun tariflar qimmatlashadi
«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi 15 iyuldan aholiga etkazib berilayotgan tabiiy gaz narxi 7 foizga qimmatlashishini ma’lum qildi. 29 iyun kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi narxlarning yangi reestrini tasdiqladi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz» sayti.

Kelgusi oydan boshlab hisoblagich bo‘lgan holatda 10 kub metr tabiiy gaz narxi 2634 so‘m etib belgilandi (hozirgi narx — 2461,2 so‘m, o‘sish — 7%).

Hisoblagich bo‘lmagan taqdirda, ovqat tayyorlash uchun foydalanilgan 10 kub metr gaz narxi 4555,9 so‘m (hozirda — 4225,9, o‘sish — 7,8%), isitish uchun esa 2112,45 so‘m (1973,7, o‘sish — 7%) etib belgilandi.

Gaz uchun tariflar so‘nggi bor oktyabr oyida oshgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 15 iyuldan gaz uchun tariflar qimmatlashadi