11:12 / 01.07.2017
6 242

Tadbirkorlar orasida keng tarqalgan muammolar bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi

Tadbirkorlar orasida keng tarqalgan muammolar bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi
30 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida jurnalistlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, vazirlik tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari orasida hududlarda eng keng tarqalgan muammolarni aniqlash maqsadida maxsus so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomani o‘tkazish davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelishi mumkin bo‘lgan eng katta to‘siqlar - bankdan ish haqi uchun naqd pul olishdagi qiyinchiliklar, kredit olishda norasmiy to‘lovlarni talab etish holatlari, mahalliy avtomobil yo‘llarining sifat darajasi pastligi, er olishdagi muammolar va boshqa vaziyatlar o‘rganib chiqildi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, bankdan ish haqi uchun naqd pul olishdagi qiyinchiliklarning eng yuqori ko‘rsatkichi (51.2 foiz) Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. Kredit olishda tadbirkorlardan norasmiy to‘lovlarni talab etish holatlari esa Buxoro viloyatida ko‘p uchraganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Savdo-sanoat palatasi tizimi tubdan qayta isloh etilib, unga muvofiq Palata me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash to‘g‘risidagi xulosani berish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.

Endilikda tuman va shaharlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etilib, ularning asosiy vazifasi tadbirkorlik sub’ektlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va biznes-xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish orqali har tomonlama qo‘llab-quvvatlash sanaladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tadbirkorlar orasida keng tarqalgan muammolar bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazildi