6 iyul kuni Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu yil boshidan buyon soha vakillari bilan o‘tkazilgan uchinchi videoselektor bo‘ldi.
Yig‘ilishda tibbiyot sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida keyingi paytda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar e’tirof etildi.
Ayni paytda sog‘liqni saqlash sohasida bir qator kamchiliklar ham ko‘zga tashlanayotgani majlisda tanqidiy tahlil asosida ko‘rsatib berildi. Xususan, patronaj ishlari talab darajasida emasligiga urg‘u berildi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga patronaj xizmatining mazmun-mohiyati va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yiladigan alohida Nizom tayyorlash vazifasi topshirildi.
«Biz endi tibbiyot muassasasi, jumladan, patronaj xizmatining faoliyatiga soha amaldorlari emas, balki oddiy odamlar, aholining bevosita o‘zi xolis baho beradigan tizim yaratishimiz kerak», — dedi davlat rahbari.
Yig‘ilishda yana bir dolzarb muammo — mintaqa va hududlarda shifokor kadrlar etishmovchiligi bilan bog‘liq masala ham muhokama qilinib, vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish maqsadida tibbiyot xodimlari uchun zarur sharoitlar yaratish, jumladan, ularni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar, iste’mol kreditlari bilan ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish haqida ko‘rsatma berildi.
Yana bir ustuvor yo‘nalish — respublikada sog‘liqni saqlash tizimining xususiy sektorini rivojlantirishning mavjud holati atroflicha muhokama qilindi. Bu borada davlat rahbarining joriy yil 1 aprelda qabul qilingan qaroriga binoan xususiy tibbiyot muassasasalari faoliyatiga cheklovlar bekor qilinib, qator imtiyozlar berilgani, ular uchun barcha turdagi yuqori texnologik operasiyalarni amalga oshirishga ruxsat etilgani ta’kidlandi. Lekin yaratib berilgan katta imkoniyatlarga qaramasdan, bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani tanqidiy nuqtai nazardan chuqur tahlil qilindi. Bu masalada, ayniqsa, Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida jiddiy kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mahalliy hokimliklar xususiy tibbiyot sohasiga sarmoya jalb qilish masalasiga, yangi muassasa tashkil etmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga etarli darajada e’tibor bermayotgani bilan bog‘liq kamchiliklar tanqid qilinib, sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorni rivojlantirish yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Jumladan, shu borada «Asakabank» qoshida Nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish maqsadga muvofiq, deb topildi va davlat rahbarining ko‘rsatmasiga binoan qo‘shimcha moliyaviy manbalar hisobidan ushbu jamg‘armaga 14 million dollar miqdorida mablag‘ ajratildi.
Majlisda xorijiy mamlakatlardan yuqori malakali shifokor mutaxassislarni jalb etib, ularning bilim va salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda olib borilayotgan doimiy monitoring ishlari dori-darmon ta’minoti va narxi bo‘yicha jiddiy muammolar borligini ko‘rsatayotgani aniq misollar orqali qayd etildi.
Mutasaddi tashkilotlarga narxlari cheklangan dori vositalarini ishlab chiqarish, ularning dorixonalarda doimiy mavjud bo‘lishi va resept asosida berilishini ta’minlash kabi tadbirlar mexanizmini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...