20:23 / 07.07.2017
5 861

O‘zbekistonda xususiy notarial idoralar ochiladi

O‘zbekistonda xususiy notarial idoralar ochiladi
O‘zbekistonda nodavlat notarial idoralari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Hozirda mazkur idoralarning faoliyatiga doir qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda. Bu haqida 7 iyul kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

«Raqobat bo‘lgan har bir sohada yangiliklar, rivojlanishlar kuzatiladi. Xususiy, aniqrog‘i, Davlat budjetidan tashqari faoliyat olib boruvchi notarial idoralarning tashkil etilishi o‘z samarasini berishiga ishonaman», deya O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Anvar Usmonovning so‘zlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.

Ta’kidlanishicha, notariat sohasiga qiziquvchi oliy ma’lumotli va malakaga ega bo‘lgan fuqarolar Davlat byudjetidan tashqari notarial faoliyat bilan shug‘ullanishga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Ular maxsus kommissiyaga imtihon topshirgan holda kerakli sertifikat yoki lisenziyani olish imkoniga ega bo‘lishadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Davlat byudjetidan tashqari bo‘lgan notariat idoralarini birlashtirib turuvchi va ularning faoliyatini nazorat qiluvchi maxsus palata tashkil etiladi. Mazkur idora xodimlarining malakasi muntazam ravishda oshirib borilib, muayyan vaqtdan so‘ng attestasiyadan o‘tishlari ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda xususiy notarial idoralar ochiladi