23:15 / 07.07.2017
6 278

Markaziy bank valyutani tartibga solish borasida rasmiy bayonot berdi

Markaziy bank valyutani tartibga solish borasida rasmiy bayonot berdi
7 iyul kuni Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan "Senat olti oyda: sarhisob va tahlil" mavzuidagi ochiq muloqotda senatorlar, ko‘plab soha mataxassislari, ekspertlar birinchi yarim yillik bo‘yicha hisobot berishdi va jurnalistlar hamda aholini qiziqtirgan savollarga javob qaytarishdi. Tadbirda qatnashgan "Kun.uz" muxbiri shu haqida xabar berdi.

Markaziy bank departament direktor o‘rinbosari Bobur Abubakirov valyutani tartibga solish, uning erkin kursi haqida quyidagilarni ma’lum qildi.

"Valyutani tartibga solish, valyutaning erkin kursi haqida gapiradigan bo‘lsak, hammangizga ma’lum, joriy yilning 7 fevralida davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmon bilan tasdiqlangan davlat dasturining 119-bandiga asosan, valyutani tartibga solish, valyuta kursi ilg‘or bozor mexanizmlarini joriy qilish topshirig‘i berilgan.

Hozirgi kunda bu masala bo‘yicha Markaziy bank, hukumat va davlatning iqtisodiy blokidagi vazirlik va idoralar bilan tegishli tartibda ishlar amalga oshirilmoqda, tahlil qilinmoqda. O‘ylaymanki, tez kunlarda bu yo‘nalishda yaxshi yengilliklar seziladi".

Moderator Sherzod Qudratxo‘jaev bunga qo‘shimcha ravishda ko‘p mamlakatlar bunday davrni boshdan kechirganini ta’kidlagan holatda, O‘zbekistonning ushbu sinovlardan munosib o‘tishiga umid bildirdi. "Buning uchun iqtisodiyotimiz salohiyati, tadbirkorlarimiz kuchi va aholimizning tushunchasi ham etarli", - dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Markaziy bank valyutani tartibga solish borasida rasmiy bayonot berdi