09:33 / 08.07.2017
4 815

O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlovchi yagona jamg‘arma tashkil etiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlovchi yagona jamg‘arma tashkil etiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlovchi yagona jamg‘arma tashkil qilinishi kutilmoqda. Bu haqida 7 iyul kuni Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyada Markaziy Bank departament direktor o‘rinbosari Azimov Zafar Abdumajidovich ma’lum qildi. Anjumanda ishtirok etgan "Kun.uz" muxbiri shu haqida xabar berdi.

"Markaziy bank boshchiligidagi tijorat banklari tadbirkorlarimizni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlaydi. Biz buning tarafdorimiz. Hozir katta ish boshladik, bu mamlakatda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlovchi yagona jamg‘armani tashkil qilish bo‘yicha ishlar boshlandi. Uning qanday ko‘rinishda bo‘lishi, nizomi va boshqa ma’lumotlar kelgusida e’lon qilinadi. Bularning barchasi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan", - dedi Markaziy bank vakili.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda tadbirkorlarimiz uchun juda ko‘p xorijiy kredit liniyalari bo‘ladi.

"Xitoyga tashrifimizdan so‘ng Xitoy taraqqiyot banki, Rossiya Federasiyasiga tashrifdan so‘ng "Gazprombank", Osiyo taraqqiyot banki 150 million dollar miqdorida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlashga doir alohida xorijiy liniya ajratgan. Aytmoqchi bo‘lganim, bu yil valyutada beriladigan kreditlarimiz hajmi ham nihoyatda katta bo‘ladi", - deya ta’kidladi Azimov Z.A.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlovchi yagona jamg‘arma tashkil etiladi