21:28 / 10.07.2017
6 386

11 iyul ob-havo ma’lumoti: uzoq kutilgan yomg‘ir yog‘ishi mumkin

11 iyul ob-havo ma’lumoti: uzoq kutilgan yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 11 iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi +36... +38, kechasi esa +23... +25 daraja issiq bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esib, 12-17 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda havo o‘zgarib turadi. Harorat +38... +43, kechasi esa +22... +27 bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esib, 12-17 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +33... +38, kechasi esa +20... +25 bo‘lishi aytilmoqda. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esib, 12-17 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Harorat kunduzi +30... +35, kechasi +20... +25 bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esib, 12-17 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +34... +39, kechasi +23... +28 bo‘ladi.
Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esib, 12-17 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi. Havo harorati kunduzi +36... +41, kechasi +25... +30 bo‘ladi. Shamol sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda esib, 12-17 metr tezlikkacha kuchayishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 11 iyul ob-havo ma’lumoti: uzoq kutilgan yomg‘ir yog‘ishi mumkin