O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 11 iyul kuni migrasion jarayonlar va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Prezidentning «Migrasion jarayonlar va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari haqida»gi Qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda fuqarolarni pasport tizimi va migrasiya hamda fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul qilish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning elektron tizimi joriy etiladi.
Yangi tizim 2018 yilning 1 may kunidan joriy etiladi. Tizim biometrlik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtinchalik propiska olish, yashash joyi bo‘yicha hisobga olish jarayonini soddalashtiradi.
Prezident 2018 yilning 1 fevraliga qadar chet davlatlar hududida O‘zbekistonning migrasiya sohasidagi tegishli organlari vakolatxonasini ochish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasini topshirdi.
Shuningdek, davlat idoralari xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tish va mehnat qilishga ruxsat olish tartibini soddalashtirish masalasini ham ishlab chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi