5 054
Hokimlikka nomzod partiya guruhlari muhokamasidan o‘tmasa, lavozimga tayinlanmaydi — Prezident
Shavkat Mirziyoyev videoselektorda bundan buyon viloyat va respublika miqyosidagi ijroiya hokimiyati yuqori lavozimlariga tayinlashda partiyalar fikrini albatta inobatga olish tartibini joriy etish taklifini bildirdi.
«Yana bir jiddiy masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bizda hokimlar ma’lum bir siyosiy partiya a’zosi hisoblanadi. Lekin, ular hokim bo‘lganidan keyin o‘zi a’zo bo‘lgan partiya bilan umuman aloqani uzib qo‘yadi.
Bu borada bir taklifni ilgari surmoqchiman: tuman yoki shahar hokimi nomzodini viloyat hokimi tomonidan tegishli mahalliy kengashlarda har bir partiya guruhi bilan maslahatlashuv o‘tkazilganidan so‘ng tegishli sessiyada tasdiqlash tartibini joriy etsak, nima deysizlar?
Sizlarga ma’lumki, bunday tartib hozirgi vaqtda viloyat miqyosida mavjud. Ammo u faqat qog‘ozda bor-u, amalda, afsuski, ishlamayapti.
Biz endi ana shu qonuniy mexanizmni mahalliy kengashlarning barcha bosqichida samarali ishga solamiz. Agar birorta nomzod partiya guruhlari muhokamasidan o‘tmasa, u hokim lavozimiga tayinlanmaydi.
Aytish kerakki, hokim lavozimiga nomzod siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi, ya’ni hokim muayyan siyosiy partiyadan bo‘ladi. Buning uchun har bir siyosiy partiyada hokimlikka nomzodlar bo‘yicha kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Ayni paytda mahalliy kengashlardagi partiya guruhlariga tegishlicha tuman yoki shahar hokimlari, shuningdek, mahalliy ijro organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga taqdim etish huquqini ham berish kerak, deb hisoblayman. Bu borada har bir siyosiy partiya guruhi o‘z xulosasini berishi lozim.
Yana bir taklif – bundan buyon viloyat va respublika miqyosidagi ijroiya hokimiyati yuqori lavozimlariga tayinlashda partiyalar fikrini albatta inobatga olish tartibini joriy etsak, nima deysizlar?
Shu munosabat bilan Davlat maslahatchisi O.Murodovga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunga va boshqa qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash topshiriladi», degan prezident. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi