Namangan shahrida noqonuniy qurilgan binolar buzib tashlandi

Namangan shahrida noqonuniy qurilgan binolar buzib tashlandi
Shahar hududida noqonuniy qurilish ob’yektlari "bolalab" ketgan. Oyoq bosgani joy yo‘q. Qayoqqa qaramang, oshxona, sartaroshxona, dorixona, "paynet" shoxobchalari, novvoyxona... Bunday ob’yektlarni tartibga keltirish zarur. Masalan, shahardagi birgina "Lagman-xaus" oshxonasi, ko‘plab novvoyxonalar sanitariya-epidemiologiya talablariga umuman javob bermaydi. Bu haqda Namnews xabar berdi.

Bilasiz, Namangan shahrining G‘irvonsoy ko‘chasi boshida (xalq tili bilan aytganda, “Tanka”ning tagida) “Lavashxona”, “Mantixona” nomlari bilan mashhur xo‘randaxona bor edi.

24 soat ishlab, ayniqsa, tuni bilan tarbiyasi og‘ir o‘spirinlar va yoshlar maskaniga aylanayozgan bu ob’yekt va unga tutash boshqa shu kabi noqonuniy qurilmalar, shuningdek, Milliy bank atrofidagi bunday qurilmalarni buzish bo‘yicha xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlarining tashabbusi faollar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. O‘tgan uch kun ichida "binocha"lar tag-tugi bilan yo‘qotilib, tekislab qo‘yildi. Shahar ko‘chalarini tartibga keltirish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar