date

Test natijalari hududlardagi qabul komissiyalariga tarqatilmoqda

Test natijalari hududlardagi qabul komissiyalariga tarqatilmoqda

2015/2016-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilinishi uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari qabul komissiyalari raislari va mas’ul kotiblari tomonidan Davlat test markazida qabul qilib olinmoqda. Bu haqda «Daryo» tahririyatining Davlat test markazi bilan bo‘lgan muloqotida ma’lum bo‘ldi.

Ushbu muloqotda 5100 qisqa raqamiga SMS yuborgan abiturientlar javoblarni olishi ma’lum bo‘ldi.

DTM saytida berilgan xabarga ko‘ra, test natijalarini 5100 raqamiga javoblar varaqasi raqamini SMS ko‘rinishida yuborish orqali ham bilish mumkin. Mazkur xizmat faqat Ucell va UzMobile kompaniyalari abonentlari uchun amal qiladi. Bitta chiquvchi SMS narxi — 75 sent.

Test natijalari oliy ta’lim muassasalaridagi stendlarga aynan qachon joylashtirilishi ma’lum emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Test natijalari hududlardagi qabul komissiyalariga tarqatilmoqda