
Atoqli davlat arbobi tavallud topgan, hozir uning nomi bilan ataladigan tuman markazida Sharof Rashidov byusti ochilishiga bag‘ishlangan marosimda adibning yaqinlari, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari, fan va adabiyot namoyandalari ishtirok etdi. Tuman markazida barpo etilgan maydonga o‘rnatilgan yodgorlikka yopilgan pardani Sharof Rashidovning qizi Sayyora Rashidova va Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Uzoqov ochdi.

Viloyatdagi ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan taniqli adib va olimlar, san’atkorlar ishtirokidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar