Chimyon oromgohida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun 500 o‘rinli zamonaviy mehmonxona majmuasi barpo etiladi. Prezidentning Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Uz24 sayti.
Shuningdek, ushbu hududda zamonaviy osma yo‘l qurish rejalashtirilgan. Uzunligi 2 kilometr bo‘lgan, 26 kabinadan iborat osma yo‘lni 10 oyda qurish mo‘ljallanmoqda.
Prezidentga hududlarning sayyohlik imkoniyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha rejalar, 2017-2018 yillarda viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkich prognoz parametrlari taqdim qilindi.
Ma’lumot uchun, viloyatda Chimyon oromgohi, Chorvoq suv ombori, Ixnoj, Urungach, Shovur, Bodak ko‘llari bor. Jami 45 ta mehmonxona bo‘lib, o‘tgan yili 100 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyurgan. 4 turoperator, 4 tabiiy ko‘l, 71 sanatoriy, 1 qo‘riqxona, 5 o‘rmon xo‘jaligi mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi