17:03 / 25.07.2017
6 244

Poroshenko Mirziyoyevni Ukrainaga taklif etdi

Poroshenko Mirziyoyevni Ukrainaga taklif etdi
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga 60 yillik yubileyi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida uni o‘z mamlakatiga taklif qilgan.

«Sizning rahbarligingizda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan islohotlar mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotida yangi bosqich bo‘ladi. Davlatni izchillik bilan modernizasiya qilish mamlakatingizning xalqaro obro‘sini yanada mustahkamlash va mehnatkash xalqingiz farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda», degan Ukraina rahbari.

U Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi amaliy muloqotni jadal rivojlantirishga har ikki tomonning tayyor ekani xalqlar farovonligi yo‘lida do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishini ta’kidlagan.

«Fursatdan foydalanib, o‘zingizga qulay vaqtda Ukrainaga tashrif buyurishingizni taklif etaman», deydi Poroshenko.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Poroshenko Mirziyoyevni Ukrainaga taklif etdi