19:30 / 27.07.2017
6 591

Tadbirkorlar diqqatiga: soliq idoralari hisob-raqamni muzlatib qo‘yishga haqli emas!

Tadbirkorlar diqqatiga: soliq idoralari hisob-raqamni muzlatib qo‘yishga haqli emas!
Ba’zan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar orasida hisob-raqamlari muzlatilishi bilan bog‘liq holatga duch kelganlari ham topiladi. XPK sessiyasida ayni masalaga aniqlik kiritildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

“Yaqinda bir tadbirkorning aytishicha, soliq idorasidan kelib hisob raqamini muzlatib qo‘yibdi. Sababini so‘raganda siz pul yashirgansiz, degan gapni aytishgan. Shundan so‘ng, u Soliq qo‘mitasi ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilsa, murojaat 15 kun davomida ko‘rib chiqilishini bildirishgan. Tadbirkor esa, 15 kunda yo‘qotadigan narsalari bor, ko‘p narsani boy berish ehtimoli tashvishida Bosh prokuratura huzuridagi ishonch telefoniga murojaat qilayapti. Shundan so‘ng, tuman soliq inspeksiyasi rahbari unga qo‘ng‘iroq qilib, bo‘ldi sizning hisob-raqamingizni ochamiz, qanaqadir anglashilmovchilik bo‘libdi, deya xatosini bartaraf etayapti. Aytmoqchi bo‘lganim, murojaatlarni 15 kunda ko‘rib chiqish uzoq muddat emasmi?”, - deya savol berdi “Turkiston” gazetasi muxbiri.

Bu savolga Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nazarali Norboyevning oydinlik kiritishicha, bugungi kundagi amaldagi qonunchilikda soliq idoralarining 15 kun muddatga tadbirkor hisob-raqamini muzlatib qo‘yish huquqi yo‘q.

“Bugungi kunda tadbirkorga nisbatan hisob-raqamini yopib qo‘yish vakolati soliq idorasida mavjud emas. Birinchi navbatda, bu holatga oydinlik kiritishimiz kerak. Chunki bu narsa faqat sud qarori asosida qo‘llanilishi mumkin. Muhokama qilinayotgan farmonda ham bir me’yor ko‘zda tutilgan. U ham 2018 yil 1 yanvaridan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, agar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan noqonuniy olib kirilgan tovar-mahsulotlar sotiladigan bo‘lsa, soliq idorasi o‘shanda ham besh kunga uning hisob-raqamini yopib qo‘yishi mumkin. Shunga muvofiq, yuqoridagi holatda faqat hisob-raqamni ochib berishni so‘rab emas, balki soliq idorasi xodimi ustidan ham shikoyat qilish kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, unga nisbatan vakolat doirasidan chiqqani uchun chora ko‘riladi.

Ikkinchidan, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati borasida. 15 kun degan narsa yo‘q. Chunki yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari to‘g‘risidagi qonun me’yorlari soliq idoralariga ham tegishli”, - dedi Nazarali Norboyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tadbirkorlar diqqatiga: soliq idoralari hisob-raqamni muzlatib qo‘yishga haqli emas!