13:04 / 28.07.2017
6 409

O‘zbekiston va Rossiya 612 mln dollarlik meva-sabzavot etkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya 612 mln dollarlik meva-sabzavot etkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzoladi
O‘zbekiston va Rossiya joriy yilning yanvar-aprel oylarida umumiy qiymati 612 mln dollar bo‘lgan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotini etkazib berish bo‘yicha 20 ta shartnomani imzoladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev O‘zA’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, 2017 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston meva-sabzavot mahsuloti eksportini 2016 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 9 foizga oshirdi.

Vladimir Tyurdenevning aytishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish bugungi kunda ustuvor vazifa hisoblanadi.

Rossiya elchisining qayd etishicha, O‘zbekiston va Rossiya tovar hamda transport vositalarining harakatlanishida bojxona amaliyotlarini amalga oshirish tartibini, shuningdek, fitosanitar nazoratni (“yashil yo‘lak”) soddalashtirishni tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolashgan.

Tyurdenevning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Rossiya ishbilarmon doiralari delegasiyalarining Toshkentda sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida ishtirok etishini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zagroeksport” ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2017 yilda meva-sabzavot mahsulotining umumiy eksportini 2016 yil bilan taqqoslaganda 1,55 barobarga – 1,27 mln tonnaga qadar oshirishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Rossiya 612 mln dollarlik meva-sabzavot etkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzoladi