Musodara qilingan ko‘chmas mulk puli bozor narxida qoplab beriladi

Ilgari xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik aktlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar 21 avgust kuni kuchga kirdi. Bu haqda Norma.uz ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Ularda, boshqa bir qator masalalar bilan birga, davlat hisobiga u yoki bu sabab bilan o‘tkazilgan er uchastkalari qiymatini qoplab berish masalasi ham tartibga solindi. Bunday holatlarda mol-mulki olingan shaxsga ushbu mulk qiymatiga teng miqdordagi mulk beriladi.
Uy-joy kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarda muvofiq uylar va boshqa inshootlarning bozor qiymatini bozor narxida qoplab berish tartibi aks etdi. Bu qoida davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun buzib tashlangan mol-mulkni ko‘zda tutadi.
Agar buzilgan mol-mulkning bozor qiymati evaziga taqdim etilgan uy-joy yoki inshootning qiymatidan oshiq bo‘lgan, oradagi farq qoplab beriladi. Buning aksi bo‘lgan hollarda, ya’ni taqdim etilgan ko‘chmas mulk qiymati buzib tashlanganidan ortiq bo‘lsa, u holda mulkka egalik qilayotgan shaxs oradagi farqni besh yil muddat ichida qoplab berishi talab qilinadi.
Ko‘chmas mulkning bozor qiymatini aniqlash tartibi Fuqarolik kodeksida aks etdi. Bu ishni baholash tashkilotlari amalga oshiradi. Musodara qilinayotgan mulkning bozor qiymatini baholash tegishli tashkilot tomonidan musodaradan oldinroq, musodara haqidagi xabar ushbu mulkning qiymatiga ta’sir o‘tkazgan pallaga mo‘ljallab amalga oshiriladi.
Shuningdek, etkazilgan zarar yoki bozor qiymati to‘laligicha qoplanganmaguniga qadar olinayotgan er uchastkasidagi uy yoki inshootlarni buzib taqiqlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing