
25—31 iyul kunlari davomida Hindistonning Lakhnau shahrida xalqaro matematika musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Xalq ta’limi vazirligi xabar qilishicha, musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Musobaqada dunyoning 41 ta davlatidan tashrif buyurgan yosh matematikalar ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, mazkur tanlovda to‘rtinchi marta qatnashgan o‘zbekistonliklar ilk bor 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari Doniyor Ismoilov va Sevaraxon Ostonova individual bahslarda o‘z iqtidorini namoyon etib oltin medalni qo‘ga kiritgan.
Qorako‘ldagi xuddi shu maktabning 7-sinf o‘quvchisi Olimjon Olimov hamda 8-sinf o‘quvchisi Ismoil Po‘latov esa yakkalik bahslarida kumush medalga sazovor bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar