Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining tarkibi Prezident qarori bilan tasdiqlanadi

1 daqiqa o'qish9.6K
Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining tarkibi Prezident qarori bilan tasdiqlanadi
Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining tarkibi Prezident qarori bilan tasdiqlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, ta’lim muassasalariga o‘qishga kabul qilish Davlat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari va huquqlarini belgilaydi, deb yozmoqda Kun.uz.

Hujjat talablari O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat qurilishi akademiyasi hamda Bank-moliya akademiyasi, mamlakatdagi xalqaro, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallariga tadbiq etilmaydi. Davlat komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Davlat komissiyasining tarkibi Prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Hujjatga muvofiq, kelgusi o‘quv yiliga oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga qabul kvotalarini shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, Iqtisodiyot, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza , Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi shuningdek boshqa idoralar bilan birgalikda har yili 1 aprelgacha yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilishga doir asoslangan takliflarni ko‘rib chiqish davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?